Prezident farmoni bilan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tugatilib, Vazirlar Mahkamasi huzurida Migratsiya agentligi tashkil etildi. 2025-yildan tashkilot xususiy bandlik agentliklari faoliyatini tekshirishni boshlaydi.
Sobiq kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga rahbar etib tayinlandi. Agentlikning o‘zi Vazirlar Mahkamasi bo‘ysunuviga o‘tkazildi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi SE guvohnomasiga ega furachilar Latviyaga ishga taklif etilayotganini ma’lum qildi. Oylik ish haqi — 1100 yevro. Belgiyada esa avtomexanik va avtotexniklar uchun vakansiya mavjud, ish haqi — 2100 yevro.
Qozog‘iston hukumati Rossiya qonunchiligini buzgan yoki jarima to‘lamagan O‘zbekiston fuqarolarini hibsga olishni boshladi. Avvalroq TIV Qozog‘iston va Rossiya ma’muriy va jinoiy ishlar bo‘yicha qarorlarni o‘zaro tan olish va ijro etishga kelishib olgani haqida ogohlantirgan edi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Istanbul aeroportida, asosan, 20−35 yoshdagi xorijliklar uchun xavfsizlik choralari kuchaytirilgani haqida xabar berdi. Yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonning 163 nafar fuqarosi Turkiyaga kiritilmagan, ulardan 54 nafariga mamlakatga kirish taqiqlangan bo‘lgan.
Janubiy Koreyada noqonuniy bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarosi 29-fevralgacha mamlakatdan chiqib ketishi so‘raldi. Fuqaro o‘z xohishi bilan shunday qilsa, deportatsiya qilinmaydi va kelgusida mamlakatga qayta kirib borish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Germaniyada o‘zbekistonliklar uchun 50 ming bo‘sh ish o‘rni mavjudligi haqida e’lon berdi. Fuqarolar hamshiralik, haydovchilik kasblari, shuningdek, mehmonxona, restoran, turizm va boshqa sohalarda ishlashi mumkin.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Yekaterinburgdagi qurilish obyektlaridan birida o‘tkazilgan reyd chog‘ida mehnat patentiga ega bo‘lmagan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olingani haqida xabar berdi. Ularga huquqiy va boshqa yordam ko‘rsatilishi qayd etildi.
Moskvadagi ko‘p qavatli uy qurilishi maydonida 35−40 nafar ishchi ishtirokida janjal yuz berdi, ular orasida o‘zbekistonliklar ham bor. Mushtlashuvga oshxonaga kirishda navbat talashish sabab bo‘ldi. Migrantlar jinoiy va ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Jaxongir Xidayxodjayev Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i etib tayinlandi. Agentlikning sobiq rahbari jinoyat ishi doirasida hibsga olingandi.
Moskvada noyabrdan buyon ish haqini ololmayotgan mingdan ziyod o‘zbekistonlik va tojikistonlik migrantlar norozilik harakati uyushtirdi. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi jarohatlangan va hibsga olinganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘qligini ma’lum qildi.
O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Qozog‘istonda ishlash uchun ruxsatnomasi mavjud bo‘lmagan 18 nafar o‘zbekistonlikka huquqiy tushuncha berdi. Ular orasida ilk bor qo‘shni davlatga borganlar ogohlantirilgan, ko‘pdan beri ishlayotganlari esa jarimaga tortilgan.
O‘tgan yili Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ko‘magida xorijda vafot etgan 518 nafar fuqaroning jasadi O‘zbekistonga olib kelingan. Shuningdek, agentlik og‘ir ahvolga tushib qolgan 321 nafar fuqaroning vatanga qaytishiga ham yordam bergan.
«Tashqi mehnat migratsiyasi to‘g‘risida»gi qonun loyihasi Qonunchilik palatasida birinchi o‘qishda qabul qilindi. Qonun loyihasida mehnat migrantlarining daromadlari ikki tomonlama soliqqa tortilmasligi belgilanmoqda.
Rossiyada ishlash huquqini beruvchi patentni olishda talab etiladigan tibbiy ko‘rik Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan O‘zbekistonda o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan Rossiyaning 40 nafar tibbiyot xodimi Toshkentga keldi.
5 oktabrdan boshlab Moskvadan O‘zbekiston shaharlariga doimiy aviaqatnovlar oshiriladi. Bunda Moskva — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha haftasiga 4 tagacha reys, Moskva — Samarqand, Buxoro bo‘yicha haftasiga 2 ta reys yo‘lga qo‘yiladi.
Senat Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Andijon filiali Rossiyaga ishga jo‘natgan 41 nafar o‘zbekistonliklar va’da qilingan maosh to‘lanmayotganligi haqidagi murojaatni o‘rganish natijalarini e’lon qildi. Aniqlanishicha, fuqarolarning pasportlari rasmiylashtirish uchun olingan va ular bir soatlik ish haqini bir kunlik deb «noto‘g‘ri tushunishgan». Ushbu voqealar ortidan agentlikning Andijon filiali rahbari Ulug‘bek Yuldoshev ishdan bo‘shatildi.
Xayrulla Umarov Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar u agentlik boshlig‘i birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.
Mehnat migrantlari uchun ochiq muloqot imkoniyatini yaratish maqsadida murojaatlarni onlayn qabul qilish va ularga tezkor huquqiy maslahat uchun qulay bo‘lgan platformasi ishga tushirildi. Platformada soha mutaxassislari fuqarolarga onlayn konsultatsiyalar berib borishadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting